Ushbu masala Transport vazirligi, Oʻzbekistonning Latviya Respublikasidagi elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi masʼullari, “Uzbekistan Airports” AJ hamda Finlyandiyaning “Finnair” aviakompaniyasi vakillari ishtrokida videokonferens aloqa shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda muhokama etildi.
“Finnair” aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan Oʻzbekistonga kelish istagida boʻlgan sayyohlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish istiqbollarini muhokama etib, ushbu yoʻnalishda aviakompaniya rejalari bilan oʻrtoqlashdi.
Aviakompaniya yoʻlovchi tashuvlarini “Uzbekistan airways” AJ bilan “Kod-sher” tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirish, shuningdek, yuk tashuvlari yoʻnalishida ham reyslarni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirayotganligini maʼlum qildi.