Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan tekshiruvda maʼlum boʻldi.

Unda fuqaro X.S. “X.B.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga sherikchilik asosida chet-eldan qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun zarur boʻlgan mineral oʻgʻitlar olib-kelib sotishni va shu orqali koʻrilgan foydadan maʼlum qismini berib turishni vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan uning 33 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, olgan barcha pullarini “1xBet” internet oʻyinlarida yutqazib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.