Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hightech.plus ga tayanib xabar berdi.
Soʻnggi paytlarda bunday holatlar koʻpayib bormoqda. Bu hodisalar nafaqat oddiy odamlarga tegishli, balki barcha oʻlchamdagi korxonalar tezda ushbu yangi turdagi firibgarliklardan jabr koʻrmoqdalar.
Avvalroq, xitoylik bank menejeri firibgar ovozini “bank direktori” deb oʻylagan va 35 million dollar oʻtkazib bergan edi.
Huddi shunday hodisa Britaniya energetika firmasida ham sodir boʻlgan, u yerda bexabar xodim oluvchi asosiy firmaning bosh direktori ekanligiga ishonch hosil qilganidan keyin jinoyatchilarga taxminan 250 ming dollar oʻtkazib bergan.