Chilonzor tumani huquqni muhofaza qilish organlariga 41 yoshli Mahbuba D. murojaat qilib, joriy yilning 14-mart kuni uning 19 yoshli oʻgʻliga aviachipta xarid qilishda yordam berishini vaʼda qilib, 2.771.000 soʻm olgan Sirdaryo viloyatilik 24 yoshli Shoxjahon N.ga nisbatan chora koʻrishni soʻradi.
Shoxjahon Mahbubaga muddati oʻtib ketgan chiptani berib, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.