Firibgarlikda ayblanib Turkiyada qoʻlga olingan ayol Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona xabar berdi.

Oʻzbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolarning koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirishda ayblanib, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan,1957-y. t. Rita Halilova joriy yilning 13-yanvar kuni Istanbul shahrida qoʻlga olingan edi.

23-yanvar kuni Rita Halilova Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish soʻralagan.