Arizasida yozilishicha, shu yilning 2-iyul kuni Sariosiyo tumani «Sarijoʻy» mahallasida yashovchi, X.B ismli shaxs Yo.Gning qizining suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganini, suratlarni ijtimoiy tarmoqdan oʻchirishi uchun telefon raqamiga 300.000 (uch yuz ming) soʻm pul oʻtkazishini talab qilgan.
Yo.G uning aytganini qilib, 300.000 (uch yuz ming) emas, 100.000 (yuz ming) soʻm pul oʻtkazgan. Biroq X.B rasmlarni oʻchirmagan.
Holat yuzasidan, 10-iyul kuni X.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.