Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida yashovchi 26 yoshli X.M. sodir etgani aniqlandi.

Unga koʻra, X.M. jabrlanuvchi U.M.ga oʻzini “Telegram” messenjeridagi “Only_Iphone” nomli guruh admini sifatida tanishtirib, Iphone 12 pro max rusumli telefonni arzon narxda sotishini aytib uni aldab, oldindan boshlangʻich toʻlov sifatida oʻzining foydalanuvida boʻlgan plastik kartasiga 990.000 soʻm miqdoridagi pulni oʻtkazib olgan va pullarni oʻz ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.   

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, X.M.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.