Fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirildi

    Qonun (OʻRQ-927-son, 29.05.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritildi.

    Unga koʻra:

    Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish:

    • realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

    Ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab boʻlgan.

    Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa:

    • realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

    Ilgari bu qoida mavjud emas edi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.