Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 13-oktabr kuni tadbirkorning sof boyligi 28,6 milliard dollarga yoki taxminan 2,8 foizga kamaydi.

Asosiy sabab savdo ochilishdan keyin SpaceX aksiyalarining 3 foizdan ko‘proqqa pasayishi bo‘lgan. Tesla aksiyalari ham taxminan 0,5 foizga pasaydi.

Mask atigi to‘rt kun oldin ikkala kompaniyaning aksiyalari narxining oshishi tufayli trillioner maqomini qaytarib olgandi.

Uning sof boyligi Spacex 2026-yil iyun oyida ommaviy savdoga chiqqanidan beri birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor SpaceXning taxminan 48,4 foiziga va Teslaning 11 foiziga egalik qiladi.

SpaceX aksiyalarining pasayishi sun’iy intellekt chip ishlab chiqaruvchilarining sotilishi fonida sodir bo‘ldi, deb xabar berdi report.az.