Tadbirda soʻzga chiqqan vazir Ozodbek Nazarbekov va boshqalar Prezidentimiz eʼtibori bilan mamlakatimizda madaniyat sohasini rivojlantirish izchil amalga oshirilayotganligini alohida qayd etdi.

Ana shu eʼtibor tufayli 80 yillarning boshlarida qurilib, oʻtgan 40 yilga yaqin davrda taʼmirtalab va nochor ahvolga kelib qolgan tuman madaniyat markazi rekonstruksiyadan soʻng eng koʻrkam inshootlardan biriga aylandi.

Tadbir ishtirokchilari yangilangan madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi.

Davlat byudjetidan sarflagan 2 milliard 700 million soʻm mablagʻ hisobiga faqat bino oʻzigina emas, barcha jihoz va mebellar ham toʻliq yangilandi.

Markazda hashamatli tomosha zali, tuman tarixini aks ettiruvchi moʻjaz oʻlkashunoslik muzeyi, kutubxona, gimnastika zali, qoʻgʻirchoq teatri, turli toʻgaraklar, bichish-tikish oʻquv sexi faoliyat koʻrsatayotir.