Qayd etilishicha, joriy yilning 5-oktabr kuni ayrim telegram kanallarida “Radar bazasidan ma’lumotlarni “o‘chirib beruvchilar” qo‘lga olindi” sarlavhasi ostida “Huquqni muhofaza etuvchi organlarning qo‘shma tadbirida, bir nafar IT xodimi va ikki nafar jismoniy shaxslarning o‘zaro til biriktirib, ma’lum haq evaziga foto radarlar qayd qilgan ma’lumotlarni o‘chirib kelganligi aniqlandi”, mazmunida xabar tarqaldi.  

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida bu kabi tezkor tadbir o‘tkazilmagan.

Qolaversa, ushbu xabarga ilova qilingan fotosurat Departamentning rasmiy telegram kanalida 2022-yil 5-yanvarda e’lon qilingan xabardan olib qo‘yilgan.

Bayon etilgan holatda yuqorida tarqalgan xabar haqiqatdan yiroqligi, soha faoliyati bilan bog‘liq xabarlarni Departamentning rasmiy telegram kanali orqali kuzatib borish mumkinligi ma’lum qilingan.