Fox News: Tramp Tryudoga Kanadani AQShning 51-shtatiga aylantirish bilan tahdid qildi

    AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuvda Ottava noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasi muammosini hal qila olmasa, Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishi mumkinligi bilan tahdid qildi.

    Bu haqda dushanba kuni Fox News manbalariga tayanib xabar berdi.

    Ularning ma'lumotlariga ko'ra, saylangan prezidentning Mar-a-Lago (Florida) qarorgohida o'tgan hafta bo'lib o'tgan muzokaralarda Tramp Tryudoga agar Ottava Kanada chegarasi orqali AQShga noqonuniy muhojirlar oqimini tubdan o'zgartira olmasa, shuningdek, Trampning so'zlariga ko'ra, 100 milliard dollarni tashkil etayotgan savdo kamomadini kamaytirmasa, o'zining inauguratsiyasi kuni, 2025-yil 20-yanvarda Kanadaning barcha tovarlariga 25 foiz import bojlarini joriy etishini aytgan.

    Tryudo esa, o'z navbatida, Amerika ma'muriyatining bo'lajak rahbariga bunday choralar Kanada iqtisodini barbod qilishini ta'kidladi, bunga Tramp Kanada, ehtimol, AQShning 51-shtatiga aylanishi mumkinligi bilan javob qaytargan. Telekanalning ta'kidlashicha, bu gap Kanada bosh vazirining asabiy jilmayishiga sabab bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.

    Bundan tashqari, AQShning saylangan prezidenti Tryudo AQShning 51-shtati gubernatori bo'lishi mumkin edi, deya qo'shimcha qildi.

    Fox News telekanaliga ko'ra, Kanada bosh vaziri va Tramp o'rtasidagi uchrashuv taxminan uch soat davom etgan.