баннер
3 Mar 2025
22:33

    Fransiya Grenlandiyaga qo'shin yuborishga tayyorligini bildirdi

    Fransiya Daniya bilan Grenlandiya orolini himoya qilish uchun u yerga qo'shin yuborish masalasini muhokama qildi.

    Bu haqda 28-yanvar kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma'lum qildi.

    Bu masala AQSh Prezidenti Donald Trampning hududni anneksiya qilish haqidagi takroriy bayonotlari fonida ko'tarilgan.

    Uning aniqlik kiritishicha, Yevropa Ittifoqi chegaralari muhokama qilinadigan mavzu emas. Barroning so'zlariga ko'ra, Yevropa Ittifoqi bilan mojarodan hech kim manfaatdor emas.

    Uning qo'shimcha qilishicha, Fransiya Daniya Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlardan birdamlik so'rasa, uni qo'llab-quvvatlaydi, deb xabar beradi iz.ru.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech