Bu Yevropadagi eng katta koʻrsatkichdir. Xabarlarga qaraganda, shifoxonalar jonlantirish boʻlimlarida 5 ming 300 nafardan koʻproq COVID-19ning ogʻir formasi bilan ogʻrigan bemorlar bor. Shu kungacha 96 678 nafar bemor vafot etdi.
Terapevt vrach Majid al Muxtoriyning taʼkidlashicha, juda koʻp odamlar vaksina olishni istamoqda, ammo buning imkoni yoʻq. Chunki birinchi navbatda, risk guruhidagilar emlanmoqda. Vaksina yetishmasligi tufayli barcha talabgorlarni emlash imkoni boʻlmayapti.