Shulardan 134 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Retayoloning qayd etishicha, namoyishlar davomida 26 kishi jarohatlangan. Namoyishlarda jami 80 mingga yaqin politsiyachi qatnashgan.

Radio France Internationale xabariga ko'ra, 19-sentabr kuni Fransiyada 250 dan ortiq namoyishlar bo'lib o'tdi, ularda milliondan ortiq kishi ishtirok etgan. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, namoyishda 500 mingdan ortiq kishi qatnashgan.

Namoyishchilar ijtimoiy ta'minotni qisqartirishga qaratilgan byudjet choralarini bekor qilishni, davlat xizmatlariga sarflanadigan xarajatlarni ko'paytirishni va boylardan olinadigan soliqlarni oshirishni talab qilishdi, deb xabar berdi rbc.ru.