Bu haqda Fransiya ichki ishlar vazirligi rahbari Jerald Darmanen ma'lum qildi.
Ichki ishlar vazirligi rahbarining so'zlariga ko'ra, o'yinlarning birinchi haftasida jinoyatchilik darajasi sezilarli darajada kamaydi. Unga ko'ra, o'g'irliklar soni 24 foizga, avtomashinalarni o'g'irlash 10 foizga kamaydi.
Vazir jinoyatchilikning kamayishini Olimpiada vaqtida tartibni saqlashga ko'plab politsiya xodimlari jalb qilingani bilan izohladi.
Olimpiya o'yinlari obyektlari joylashgan Il-de-Frans hududida 35 ming politsiya va jandarm, 18 ming harbiy xizmatchi va xususiy xavfsizlik korxonalarining bir necha ming xodimlari jalb qilindi, deb xabar beradi report.az.