2020-yildan beri muhokama qilinayotgan qonunda sher, yo'lbars va ayiq kabi yovvoyi hayvonlar ishtirokidagi tomoshalar taqiqlandi. Qonun 2024-yilda kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, yovvoyi hayvonlardan teleko'rsatuvlar, tungi klublar va bayramlarda foydalanish, mo'yna uchun ko'paytirish ham qonunga zid.

Yangi qonun, shuningdek, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo'lganlik uchun maksimal jazoni besh yilgacha qamoq va 75 000 evro jarimaga oshiradi.

Fransiya prezidenti Emmanuel` Makronning “Harakatdagi Respublika” markaziy partiyasi qonunni hayvonlar huquqlarini himoya qilish borasidagi “tarixiy qadam” deb atadi. So'rovlar shuni ko'rsatdiki, Fransiyaning aksariyat aholisi yovvoyi hayvonlardan sirk tomoshalarida foydalanishga chek qo'yilganini qo'llab-quvvatlaydi.

Biroq sayyor sirk egasi, Fransiya sirk hayvonlarini o'rgatuvchilar kasaba uyushmasi rahbari Uil'yam Kervich va uyushma a'zolari qonun ustidan sudga shikoyat qilishlari va norozilik bildirishlarini ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, Fransiyada 120 ga yaqin sirk egasi bor, deyiladi Deutsche Welle xabarida.

“Bu o'zboshimchalik bilan qabul qilingan qonun, chunki bizning sirklarimizda hayvonlarga yomon munosabatda bo'linmaydi”, dedi Uil'yam Kervich.