Tashrif davomida E. Fosion OʻzMMA Bosh direktori A.Pulatov bilan uchrashib, Toshkentda oʻtkaziladigan Xalqaro kinofestivalga tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildi.

E. Fasion suhbat davomida bir qancha takliflar berdi. Xususan, Fransiyadagi RFT telekanali bilan hamkorlikda bilim almashish, imkoniyatlarni yanayam kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Radiolarda efirni qayta eshitish tizimini yoʻlga qoʻyish taklifi berildi. Shuningdek, tajriba almashish uchun Fransiyadagi spikerlar Toshkentdagi OAV vakillari uchun seminar-treninglar oʻtqazishi rejalashtirildi.

Maʼlumot uchun: Emmanuel Fasion faoliyatini Fransiyaning Yevropa ishlari va tashqi ishlar vazirligidan boshlagan. Kinematografiya sohasida Fransuz filmlarini MDH davlatlari hududida tarqatish, qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi, shuningdek, Fransuz filmlari bilan xalqaro festivallarda ishtirok etib keladi. SVOD platformasi faoliyatida fransuz kanallarini Rossiya hududidagi efirga uzatilishi bilan ham shugʻullanadi. Kino hamda televideniya sohasida, FIGRA (xalqaro reportajlar va ijtimoiy hujjatli filmlar festivali) xalqaro loyihalar boʻyicha 2007-2009-yillarda masʼul boʻlgan.