Diplomat oʻzbek tilida murojaat qilib, “ming yillik madaniyati va mehmondoʻstligi bilan mashhur Oʻzbekistonda ish boshlaganidan xursandligini” bildirdi.
– Mamlakatlarimizning tarixiy yaqinlashuviga koʻmaklashish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiraman, — dedi u oʻz nutqida. — Kelgusi oylarda siz bilan birga Fransiya va Oʻzbekistonni bogʻlab turgan doʻstlik rishtalarini mustahkamlash va umumiy taraqqiyotga erishish uchun barcha hududlarga tashrif buyurish niyatidaman.
Maʼlumot oʻrnida: Valid Fuk Parij Siyosiy tadqiqotlar institutini tamomlagan, soʻngra Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Strategik masalalar, xavfsizlik va qurolsizlanish boshqarmasida ishlagan.
Keyinchalik Fransiyaning Pekindagi elchixonasi va BMT doimiy vakolatxonasida siyosiy maslahatchi, shuningdek, 2020-2025-yillarda Fransiya prezidentining Osiyo, Okeaniya va Amerika boʻyicha maslahatchisi boʻlgan.
Valid Fuk yangi lavozimda 2021-yildan buyon faoliyat yuritgan Oreliya Bushez oʻrnini egalladi.








