Suratlarda NASAning ikki astronavti Stiven Bouen va Uorren “Vudi” Xoburg stansiya tashqarisida yangi quyosh batareyalarini o'rnatish uchun koinotga chiqqan lahzalar ham suratlarda aks etgan.
Qayd etilishicha, Xalqaro koinot stansiyasi Yer atrofida har 90 daqiqada aylanib, Yerdan Oygacha bo'lgan hamda orqaga qaytish masofasini atigi bir kecha-kunduzda bosib o'tadi.
Lego e'lon qilgan tasvirlarda Quyosh va Xalqaro koinot stansiyasi bir-biriga yaqin masofada joylashgandek ko'rinsa-da, aslida stansiya Quyoshdan xavfsiz masofada joylashgan. Xalqaro koinot stansiyasi Yerdan taxminan 402 kilometr balandlikda aylanadi, lekin Quyosh bizdan o'rtacha 300 000 marta uzoqroqda, 150 million kilometr masofada joylashgan, deyiladi korrespondent.net saytida.