Frantsiyaning "Chasse et Peche TV" telekanalining suratga olish guruhi tomonidan baliq ovi va sayohat haqida "Globe-pecheurs en Uzbekistan" (Baliqchi-sayohatchilar O'zbekistonda) hujjatli filmini suratga olinyapti.
Mashhur rejissyor Paskal Karron tomnonidan suratga olinayotgan "Baliqchi-sayohatchilar" hujjatli filmi frantsuz televideniesidagi katta auditoriyaga ega sayohatchi baliqchilarning sevimli teleko'rsatuvlaridan biri sifatida tan olingan.
Hujjatli filmni dunyo bo'ylab 2 mlnga yaqin tomoshabin katta qiziqish bilan kuzatadi.
"Chasse et Peche TV" kanali esa frantsuz tilida efirga chiquvchi dunyoda uchinchi eng mashhur va daromadli xususiy milliy telekanaldir.
Ijodiy guruh o'tgan yili Xorazm, Buxoro, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida bo'lib, suratga olish jarayonlarini amalga oshirgan edi, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.