Birinchi yo‘lovchi charter reysi 7-sentyabrga mo‘ljallangan. Reyslar Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda haftasiga bir marta - payshanba kunlari amalga oshiriladi.

"Freebird Airlines" — 2000-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniyaning asosiy bazasi Antaliya shahri hisoblanadi. Kompaniya Yevropa va Turkiya o‘rtasida xalqaro charter reyslarini, shuningdek ichki reyslarni amalga oshiradi.