Ukraina AQSh ma'muriyati bilan foydali qazilmalar bo'yicha kelishuv shartlarini kelishib oldi, ular Ukrainadan investitsiya jamg'armasiga 500 milliard dollarga yaqin mablag' kiritish talabidan voz kechdi, deb xabar beradi Financial Times (FT) kelishuvning yakuniy versiyasiga tayanib.
24-fevraldagi gazeta qo'lga kiritgan hujjatda Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari haqida so'z yuritilmagan, u Kiyevning bitim tuzish shartlaridan biri edi.
Ukraina rasmiylariga ko'ra, Ukraina o'zi uchun ancha qulay shartlarni ta'minlay oldi. Hujjatga ko'ra, kelishuv bandlaridan biri AQShga tegishli bo'lgan investitsiya jamg'armasini tashkil etish bo'lib, unga Ukraina foydali qazilmalar, neft va gaz qazib olishdan tushgan daromadining 50 foizini o'tkazadi.
Jamg'arma Ukraina loyihalariga sarmoya ajratadi va mojaro hal qilinganidan keyin AQSh mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi. Biroq kelishuvda AQShning investitsiya jamg'armasidagi ulushi miqdori ko'rsatilmagan.
Gazeta ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv “Naftogaz” va “Ukrnafta” kompaniyalari tomonidan qazib olinayotgan mineral resurslaridan Ukraina byudjetiga tushayotgan daromadni o'z ichiga olmaydi.
FTning xabar berishicha, hujjat Ukraina adliya, iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlari tomonidan ma'qullangan. Rasmiylar, shuningdek, Vladimir Zelenskiy yaqin haftalarda imzolash marosimi uchun Oq uyga kelishi mumkinligini aytishdi, deb xabar beradi tass.ru.