“Fukusima-1” AES suvining yangi partiyasini okeanga oqizish ishlari yakunlandi

    Fukusima-1 AESning operatori TERSO kompaniyasi dushanba kuni tarkibida radioaktiv moddalari kam suvni okeanga oqizish ishlarini yakunladi.

    Bu mazkur AESdan o'tgan yilning avgustidan buyon o'ninchi, joriy moliyaviy yil boshidan beri oltinchi bor suvning okeanga quyilishidir.

    Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

    17-oktabrdan beri okeanga 7800 tonna tarkibida kam miqdorda radioaktiv moddalar mavjud suv oqizildi. Ushbu vaqt oralig'ida oqizish joyi yaqinida olingan suv namunalariga ko'ra, tritiy miqdori bir litrda 48 bekkerelni tashkil etdi, bu JSST ichimlik suvi bo'yicha tavsiyalaridan sezilarli darajada past.

    Avvalgilari bilan hisoblaganda hammasi bo'lib 70 ming tonna suv okeanga quyildi, deb xabar beradi ria.ru.