Murojaat Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi va haqiqatan ham toʻlov mijozning tegishli hisobraqamiga kirim qilinmagani aniqlandi.

Zarur tushuntirishlar va elektr taʼminoti korxonasi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida isteʼmolchining elektr energiyasi uchun toʻlagan puli tegishli hisobraqamga oʻtkazib berildi, deyiladi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati xabarida.