Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tuproqqalʼa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.S. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, unga imtiyozli shartlar asosida avtotransport vositasi olib berishni vaʼda qilib, uning 3 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, evaziga bank muassasasiga G.ning nomidan pul toʻlanganligi toʻgʻrisidagi soxta toʻlov kvitansiyasini berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.