Kuni kecha O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2022-yilda fuqarolardan jami 13 ming 522 murojaat kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lum qilinishicha, bu murojaatlarni ko'rib chiqish mobaynida 150 holatda tuman, shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan sudlarga murojaat qilinib, tegishli da'vo arizalari kiritilgan.

Shu tariqa, iste'molchilarning buzilgan huquqlari sudlarda himoya qilindi, tiklandi va eng asosiysi bu fuqarolar 2 milliard 8 million 415 ming 393 so'm miqdorida zarar ko'rishining oldi olindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yildan Xalqaro iste'molchilar tashkiloti (Consumers International) a'zoligiga qabul qilingan.