Endi mazkur qulaylik FHDYO boʻlimlarida ham ishga tushirilmoqda. Boisi, fuqarolik holati dalolatnomalari masalasida ushbu organga ham murojaat qiluvchilar soni kam emas. Bu esa jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini taʼminlash masʼuliyatini yana-da oshiradi.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, shu maqsadda bugungacha viloyatdagi 11 ta FHDYO boʻlimlarida infokiosklar oʻrnatilib boʻlindi. Toʻyga toʻyona bilan deganlaridek, mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yana boshqa boʻlimlarda ham ushbu uskunalar toʻliq oʻrnatiladi.
Bu hali hammasi emas, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarimizga yana bir qator bayram sovgʻalari tayyorlab qoʻyilgan. Xususan, yaqin orada ikkita tumanda Davlat xizmatlari markazlarining yangi, zamonaviy filiallari faoliyati ham yoʻlga qoʻyiladi.