Statistika qoʻmitasi 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan eng ommalashgan yengil avtomobillar turi va sonini maʼlum qildi.

Qoʻmita xabariga koʻra, avtomobillar turi va soni quyidagicha koʻrinish oldi:

“Nexia” - 637 547 dona;

“Damas” - 429 404 dona;

“Matiz” - 288 685 dona;

“Lacetti” - 282 929 dona;

“Cobalt” - 267 948 dona.

Avvalroq, hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni maʼlum qilingandi.