Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish, berish, almashtirish hamda undan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisida nizom asosida amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomga muvofiq fuqarolar identifikatsiya ID-kartasini olishlari uchun taqdim etiladigan hujjatlarning aniq roʻyxati belgilangan. Ushbu Nizomning 11-bandiga koʻra, fuqaro ID-karta olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

    • belgilangan shakldagi ariza-anketa;
    • ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
    • tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
    • vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida);
    • davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas).

Shuningdek, mazkur Nizomda qaysi hollarda, yaʼni fuqaro qoʻl barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud koʻzoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa unga ID-karta berilishi rad etilishi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqaroning identifikatsiya ID-kartasini olishda maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari tomonidan ID-kartani sugʻurtalanmaganligi sababli ID-karta berilishi rad etilishi noqonuniy hisoblanadi.

Shu bilan birga, hurmatli fuqarolar huquqlaringizni amalga oshirish bilan bogʻliq masalada davlat tashkilotlariga murojaat qilganiningizdan soʻng, Sizning murojaatingiz davlat tashkilotlari tomonidan rad etilsa, albatta bu holat boʻyicha asoslantirilgan hujjat talab qilishni unutmasliklarini soʻrab qolamiz, deyiladi murojaatda.