Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, shu jumladan, ish joyiga tiklash va ish haqilarini undirish choralariga alohida e'tibor qaratilib, bu boradagi sud hujjatlarning ijrosini darhol ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
Xususan, 2022-yilda sudlarning ish haqlarini undirish to'g'risidagi 2.634 ta ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 11,5 mlrd. so'mdan ortiq ish haqlari undirilib, 2.415 nafardan ziyod ishchi xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo'yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdor Nukus tuman hokimligidan jami 16 nafar fuqaroga 62 mln. 715,7 ming so'm ish haqi undirish belgilangan.
Yoki, fuqarolik ishlari bo'yicha Amudaryo tumani sudining sud buyrug'iga asosan qarzdor “Agromash trans MTP” MChHJdan undiruvchi Z.Ametovaning foydasiga 13 mln. 437,5 ming so'm undirish belgilangan.
Mazkur hujjatlarning ijrosi, tegishincha Byuroning Amudaryo va Nukus tuman bo'limlari tomonidan olib borilib, qisqa muddat ichida undiruvchilarga belgilangan ish haqlari bank plastik kartalariga o'tkazib berildi.
Ijro hujjatlari esa O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunining 41 moddasiga asosan tamomlandi.