O'rnatilgan to'lov terminallari bo'yicha, “Xalq banki” (56 ming 947ta)  “Agrobank” (46 ming 134ta) va “Ipoteka-bank”(43 ming 715ta) oldingi o'rinlarni egallagan.

Shuningdek, 2021 yilning 1 yanvar` holatiga ko'ra, muomalaga 32 ta bank tomonidan umumiy 25 mln. 775 ming 662 ta bank plastik kartasi, 438 ming 410 ta to'lov terminali va 11 ming 800 ta bankomat va infokiosklar foydalanishga topshirilgan. Mazkur raqamlardan xulosa chiqargan holda banklarimizning plastik kartalar bo'yicha faolligini xolis baholash mumkin.