Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Q.Ya. fuqaro B.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborish va viza olib berishini aytgan. Xizmati evaziga 5 000 AQSH dollarini olib oʻzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Xuddi shunday fuqaro A.K ham 4 nafar fuqaroni aldab, ularni tanishlari orqali Koreya davlatiga ishlash uchun joʻnatish evaziga 5 800 AQSH dollari va 163 mln soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.