Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.R., Z.M. va A.S. fuqaro H.Sh. ni 18 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya davlati orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilib, jami 35 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.