Maʼlum qilinishicha, kuni kecha F.Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy munozara paytida davlat xizmatchisining maqomiga xos boʻlmagan tarzda oʻz fikrini notoʻgʻri shaklda bildirib, muloqot madaniyatining umumqabul qilingan meʼyorlarini buzgan. U muloqot davomida qoʻpol soʻzlar ishlatgan, bu holat oʻz navbatida, jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan.
Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Facebookʻdagi izohida: “Men oʻylamagan edim odamlar bunchalik kaltafahm deb. Men tarqatgan xabar oʻqimishli inson uchun oddiy hol, (tupoy) yoki oʻzidan (tupoy) yasab olgan kaltafahmlar uchun buni tushunish qiyin”, — deya yozib qoldirgan.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirish mumkin emas, degan qarorga kelgan. Chunki u oʻz xatti-harakatlari bilan Davlat xizmatchisining axloqiy meʼyorlari va kodeksini buzgan, shuningdek, oʻz faoliyatida muloqot madaniyati meʼyorlariga rioya qilmagan.
Agentlik barcha matbuot kotiblarini soʻzga masʼuliyatli boʻlish, oʻz vazifalariga jiddiy yondashish, shuningdek, aholi soʻrovlariga tezkorlik bilan javob berishga chaqiradi”, – deyiladi AOKA bayonotida.