osh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda fuqaro Z.A. boshqa bir fuqaro Sh.ni tanishlari orqali Qirgʻiziston Respublikasining Farmatsevtika oliygohiga oʻqishga kiritib qoʻyish va keyinchalik oʻqishini Toshkent farmatsevtika institutiga koʻchirib berish evaziga undan 3 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. fuqaro Yu.ni 2 000 AQSH dollari evaziga Oʻzbekiston temir yoʻllari texnikumiga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.