Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand temir yoʻl texnikumi oʻqituvchisi K.A. fuqaro Sh.ni 800 AQSH dollari evaziga ushbu texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.