Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Sh. fuqarolar M. va G.larni Tojikiston Respublikasidagi Xoʻjand davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishga ishontirib, evaziga 1 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.