Oldindan 6 000 AQSH dollarini olmoqchi boʻladi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida I.K. 6 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.F. fuqaro M.A.ni tanishlari yordamida 3 500 AQSH dollari evaziga Latviya Respublikasiga ishga yuborishini aytib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlar qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.