Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan ayol D.X. fuqarolarni aldab, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ularning qoʻshni davlatlardagi oʻqishlarini Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirib berishni vaʼda qilib, 7 nafar fuqaroning jami 5 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.