Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi huzurida “1200” qisqa raqamidagi Call-markaz ish boshladi. U yerda Oʻzbekiston referendumini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tezkor va samarali koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berib boriladi.
“Markaz orqali referendumga oid oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yoʻllashingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
1200 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish bepul.