Fuqaroni AQSHga joʻnatishni vaʼda qilib, toʻqqiz ming dollar olgan shaxs aniqlandi

    18 000 AQSH dollari evaziga Turkiya, Qatar va Meksika davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qiladi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro M.A.ni 18 000 AQSH dollari evaziga Turkiya, Qatar va Meksika davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.U. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uning oʻgʻli D.N.ni Koreya davlatiga ishga yuborish uchun tanishlari yordamida viza olib berishi evaziga 2 600 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 300 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.