Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli harakat xavfsizligi noziri Oʻ.A. va turmush oʻrtogʻi D.T.lar fuqaro N.ga depo lokomotiv brigadalari dam olish uyi mudirasi vazifasiga tanishlari orqali ishga kiritib qoʻyganligini aytib, evaziga undan 2 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.