Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining tez yordam boʻlimi mudiri Ya.B. fuqaro F.dan uni tuman tibbiyot birlashmasiga tanishlari yordamida patronaj hamshirasi vazifasiga 0,75 shtat birligida ishga qabul qilish evaziga 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.