Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.Q. fuqaro N.Q.ning ishonchiga kirib, uning “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasini siqilgan gazga (metan) qayta jihozlash uchun tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 200 AQSH dollarini A.Q. oʻz aybiga iqror boʻlib qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.