Tekshiruvda fuqarolar N. va F. Buxoro Davlat tibbiyot instituti dekan oʻrinbosari R.R. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning Qozogʻiston Respublikasidagi tibbiyot oliygohida oʻqiydigan oʻgʻli R.ning oʻqishini Buxoro Davlat tibbiyot institutiga koʻchirib berish evaziga 12 ming AQSH dollarini olishib, oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Tekshiruv davomida, R.R. va F.lar fuqaro M.dan olgan 12 ming AQSH dollari evaziga F.ning boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinani Buxoro shahridagi “Shayx” restorani oldida M.ga topshirgan vaqtida ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.