Syerra-Leone futbol chempionati ikkinchi divizionidagi ikki oʻyinda kutilmagan natijalar qayd etildi. “Kahunla Reynjers” “Lumbeba Yunayted”ni 95:0, “Galf” “Kokima Livan”ni 91:1 hisobida yengdi. Vaholanki, bu oʻyinlarning birinchi boʻlimlari – 2:0 va 7:1 hisobida yakunlangangan edi.

Aytish joizki, ushbu yirik hisoblarning qimor bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Ikki oʻyin bir vaqtda boshlangan. Gap shundaki, “Kahunla Reynjers” hamda “Galf” yuqori divizion uchun kurashda teng ochkoga ega boʻlib, asosiy raqobat toʻplar nisbatidagi farqda edi.

Goal sayti xabariga qaraganda, Syerra-Leone futbol assotsiatsiyasi – SLFA ikki oʻyin natijalari boʻyicha tekshiruv boshlagan. SLFA rasmiy bayonotida masala har tomonlama oʻrganilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi taʼkidlangan