Futbol maydoni va yashil hudud oʻrnida bino qurilishi yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborildi

    Yer kodeksi 64-moddasida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari hisoblanadi.

    Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy mahalla fuqarolar yigʻinidagi futbol maydoni va yashil hudud joylashgan yerda koʻp qavatli bino qurilishi rejalashtirilgani turli fikr hamda xulosalarga sabab boʻlmoqda. Bu borada qonun hujjatlari, real vaziyatning huquqiy holati atroflicha oʻrganilmoqda.

    Yer kodeksi 64-moddasida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari hisoblanadi hamda umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat berilishi qayd etilgan.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi aʼzosi Firdavs Sharipov mazkur masala boʻyicha oʻz nuqtai-nazarini bayon etish yuzasidan Toshkent shahar hokimi (v.b) Sh.B.Umurzakovga deputatlik soʻrovi yubordi.

    Oʻzbekiston XDP Markaziy kengashi

    axborot xizmati