FVV aholiga sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish kerakligi haqida tavsiyalar berdi

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga yogʻingarchilik kuchayib, sel suv toshqinlari xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar berdi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida xabar eshitgandan soʻng darhol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

    — sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

    — sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.