FVV aholini is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida murojaat bilan chiqdi

    Dolzarb 16 Dekabr 2023 1847

    AOKAda tashkil etilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sanjar Zuparov fuqarolarni is gazidan ehtiyot boʻlishga chorladi.

    Yongʻin, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni soʻrab qolamiz:

    1. Gaz va muqobil yoqilgʻi turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qiling;

    2. Nostandart yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;

    3. Isitish pechlarining dudburonlarini toʻgʻri oʻrnating hamda sozligiga eʼtibor bering;

    4. Gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʻiga moslashtirilgan isitish pechlarini dam olish xonalariga olib kirmang;

    5. Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olovdan foydalanmang;

    6. Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib qoʻymang;

    7. Isitish pechlarining dudboʻronlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida oʻrnatilishi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi maxssus tashkilotlarga murojaat qiling.